O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Ichki ishlar vazirligida oʻtkazilgan bayram tadbiri davomida bir guruh xodimlarga davlat mukofoti va vazirlikning idoraviy mukofotlari tantanali ravishda topshirildi

Mustaqilligimizning 32 yilligi bayram sifatida yurtimizning barcha hududlarida koʻtarinki kayfiyatda nishonlanmoqda. “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun” shiori ostida oʻtkazilayotgan bu yilgi shodiyonalar Ichki ishlar vazirligi tizimida ham keng miqyosda tashkil etilmoqda.

Vazirlik markaziy apparatida boʻlib oʻtgan bayram tadbirini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general leytenant Poʻlat Bobojonov olib bordi. Tinchlik osoyishtalikni taʼminlashda ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan koʻrsatilayotgan fidoiylik, oʻz qasamyodiga sodiq xodimlar mamlakatimiz rahbari tomonidan hamisha eʼtirof etilishi taʼkidlab oʻtildi.

Mamlakatmiz mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan ragʻbatlantirilgan bir guruh xodimlarga davlat mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, 10 nafar rahbarlar “polkovnik” maxsus unvoniga ega boʻlgan boʻlsa, 300 nafar ortiq xodimlar vazirlikning idoraviy mukofotlari bilan taqdirlandilar. Idoraviy koʻkrak nishonalari, esdalik sovgʻalari hamda faxriy yorliqlarga munosib koʻrilgan xodimlar Ichki ishlar vaziridan oʻz mukofotlarini qabul qilib oldilar. Albatta berilayotgan bunday yuksak eʼtibor va gʻamxoʻrlik yigʻilishda qatnashgan har bir rahbar va xodimga katta masʼuliyat bilan birga, tunu-kun oʻz ustidan ishlash, jamoat xavfsizligini taʼminlash uchun barcha kuch-vositalarni safarbar etish majburiyatini yuklaydi.

Vatan qanchalar sevimli boʻlsa uning erki, ozodligi va mustaqilligi shu qadar bebahodir. Shunday ekan ona yurtimizning mustaqillik sanasi uning har bir farzandi uchun eng aziz va muqaddas bayramdir. Ichki ishlar vazirligi markaziy apparatida tashkil etilgan bayram tadbiri har bir ishtirokchining qalbini yana bir bor ana shunday faxr va iftixor tuygʻulari bilan toʻldirdi.

Bu kabi bayram tadbirlari barcha hududiy ichki ishlar organlarida oʻtkazilmoqda.

Text to speech