O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Andijonda “gaz zapravka”da “Nexia” portladi.

Bugun taxminan soat 10:10 larda Xo‘jaobod tumani Xidirsha mahallasi “Xolis Tafakkur” MChJga qarashli avtomobillarga suyiltirilgan metan gaz quyish shaxobchasida 32 yoshli Sh.O.ning boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomashinasiga gaz quyayotgan vaqtida, portlash yuz bergan.
Jiddiy jarohat olganlar yuk.
Shaxobcha hududida gaz quyayotgan yana 6 ta avtomashinaga turli darajada texnik shikast yetkazilgan.
Hozirda hodisa joyida tergov tezkor gurihi ishlamoqda, portlashning kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda, tekshiruv yakuniga ko‘ra qo‘shimcha ma'lumot beriladi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech