Jizzax viloyatida xodimlar uchun o'quv mashg‘uloti tashkil etildi
Jizzax viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda uning quyi tizimlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning bilim va malakasini oshirish, kasbiy tayyorgarligini yana-da mustahkamlash maqsadida navbatdagi o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Unda “Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirishda muammo va yechimlar” mavzusi atroflicha tahlil qilinib, amaliyotda uchrayotgan dolzarb masalalar, ularni bartaraf etish mexanizmlari va zamonaviy yondashuvlar xususida mutaxassislar tomonidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1 va PQ-111-sonli qarorlari mazmun-mohiyati, ushbu hujjatlarda belgilangan ustuvor vazifalar hamda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 144-moddasi talablari yuzasidan huquqiy tushunchalar xodimlar eʼtiboriga yetkazildi.
Mashg‘ulot jarayonida nazariy bilimlar amaliyot bilan uyg‘un holda muhokama qilindi. Bu tergov jarayonlarini qonuniylik, xolislik va samaradorlik tamoyillari asosida olib borishda muhim ahamiyatga ega.