O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Ellikqalʼa tumanida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

2020 yil 21 oktyabr kuni, Ellikqalʼa tumani Madaniyat saroyining hovlisida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha xalq qabulxonasi boshlig‘i S.Xudaybergenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisining o‘rinbosari E.Durdiyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining o‘rinbosari adliya maslahatchisi R.Bauaddinov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari podpolkovnik M.Raxmatullayev hamda tuman barcha sektor rahbarlari tomonidan Ellikqalʼa tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida, vazir o‘rinbosari M.Raxmatullayev tomonidan bir nechta fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.

Jumladan, Ellikqalʼa tuman IIB probatsiya hisobida turuvchi o‘g‘lini probatsiya hisobidan chiqarishda amaliy yordam so‘ragan va
sobiq turmush o‘rtog‘idan farzandini qaytarib olib berish yuzasidan qilingan murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Vazir o‘rinbosari M.Raxmatullayev tomonidan murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi hamda ularning arizalari qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi tergov boshqarmasi

Text to speech