O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Namangan shahrida navbatdagi sayyor qabul boʼlib oʼtdi

Oʼzbekiston Respublikasi IIVning 21.10.2020 yildagi koʼrsatmasi ijrosi yuzasidan tasdiqlangan jadvalga asosan, Namangan viloyat IIB boshligʼining oʼrinbosari podpolkovnik T.Mustafaev rahbarligida, Tergov boshqarmasi boshligʼining birinchi oʼrinbosari podpolkovnik E.Ubaydullaev, katta tergovchi kapitan U.Yoqubov va Namangan shahri boʼyicha IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi boshligʼi vazifasini bajaruvchisi podpolkovnik M.Xoshimovlar ishtirokida 2021 yil 09 aprelь kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Namangan shahar Xalq qabulxonasida Namangan shahrida yashovchi fuqarolar bilan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergov masalalari boʼyicha sayyor qabul oʼtkazildi.

Sayyor qabulda 11 nafar fuqarolar qabul qilindi. Ular tomonidan

-3 nafari yozgan arizasini oʼziga nisbatan qoʼzgʼatilgan jinoyat ishiga qoʼshib qonuniy yengillik berish masalasida,

-1 nafari oʼziga nisbatan qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari olib borgan tergovchiga minnatdorchilik bildirganligi yuzasidan,

-2 nafari ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan onasi bilan uchrashuv berishida amaliy yordam berish masalasida,

-1 nafari pullarini qaytarib olish masalasida,

-1 nafar oʼziga nisbatan muqaddam Oʼzbekiston Respublikasi JPKning 84-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan tugatilgan jinoyat ishi yuzasidan qabul qilingan qarorni bekor qilish hamda qayta koʼrib chiqish masalasida,

-1 nafar oʼgʼliga nisbatan qoʼzgʼatilgan jinoyat ishida jinoyat quroli deb topilgan avtomashinani qaytarib olish masalasida,

-1 nafari tan jarohati olgan holati yuzasidan aybdorlarga chora koʼrish masalasida,

-1 nafari oʼziga nisbatan sodir etilgan holat yuzasidan toʼplangan hujjatlarni profilaktika inspektori koʼrishidan norozi ekanligi masalasida.

Murojaatlarning 7 tasi joyida hal etilib, qanoatlantirildi, 4 tasi boʼyicha arizasi olinib, tergovga qadar tekshiruv oʼtkazilmoqda.

 

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech