Kosonsoyda sayyor qabul o‘tkazildi
2020 yilning 05 dekabr kuni Namangan viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik T.M.Mustafayev tomonidan Kosonsoy tuman xalq qabulxonasida tuman aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul jarayonida jami 9 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi. Shundan, 3 tasi sudga yuborilgan jinoyat ishi bo‘yicha qonuniy yengillik berish masalasida, 2 ta murojaat uy-joy masalasida, 3 tasi pul oldi-berdi va yana 1 tasi ishga joylashtirish masalasida murojaatlar qabul qilinib, ularning 4 tasi joyida qanoatlantirildi hamda 2 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilib, yana 3 tasi qonuniy hal qilishlik uchun tegishli organlarga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.
Hozirda tasdiqlangan reja asosida Namangan viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik T.M.Mustafayev tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti