O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Samarqand viloyat Kattaqo‘rg‘on tumanida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 01 mart kuni Kattaqo‘rg‘on, Narpay, Paxtachi tumanlari va Kattaqo‘rg‘on shahri aholisi uchun Kattaqo‘rg‘on tuman Xalq qabulxonasi binosida Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik R.A.Ashrapov tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Asosiy eʼtibor, murojaat bilan kelgan fuqarolarning muammolarini joyida hal etish hamda ularga huquqiy maslahatlar berishga qaratilib, buning uchun tuman hokimligi vakillari, jamoat birlashmalari hamda tuman IIB rahbariyati qatnashishlari taʼminlandi.

Qabul jarayonida jami 17 nafar fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning 6 tasi imtiyozli uy-joy, moddiy yordam olish va identifikatsiya ID-kartalarini olish, 2 tasi aliment pullarini unidirish, 7 tasi tergovga qadar tekshirish va tergov harakatlari yuzasidan.

Murojaatlardan 5 tasi joyida ijobiy hal qilindi, 2 tasiga huquqiy tushuncha berildi qolganlari ijroga qaratildi.

Hozirgi vaqtda tasdiqlangan reja asosida Samarqand viloyatning barcha tuman va shaharlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech