O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Kegeyli tumanida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

2020 yil 28 oktyabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq qabulxonasi boshlig‘i S.Xudaybergenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisining o‘rinbosari J.Kazbekov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining o‘rinbosari adliya katta maslahatchisi D.Yelmuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari podpolkovnik M.Raxmatullayev hamda tegishli tashkilotlar masʼul rahbarlari va tuman barcha sektor rahbarlari ishtirokida Kegeyli tumani 11-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida tuman aholisi o‘rtasida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida, vazir o‘rinbosari M.Raxmatullayev tomonidan 8 nafar fuqarolarning ijtimoiy masalalardagi turli murojaatlari qabul qilindi.

Jumladan, fuqarolarning ishga joylashtirish, mahallasini gaz bilan taʼminlash hamda tomorqa yerlariga suv yetkazib berish kabi masalalari ko‘rib chiqildi.

Vazir o‘rinbosari M.Raxmatullayev tomonidan fuqarolarning 4 ta masalalari bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi hamda qolgan holatlar yuzasidan arizalari qabul qilinib, ijroga qaratilib, tegishli tashkilotlarga ko‘rsatmalar berildi, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Hozirda tasdiqlangan reja asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech