O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Navoiy viloyati Qiziltepa tumani aholisi uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi  

 

Navoiy viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Sh.Sh. Sharipov rahbarligida, 25.02.2021 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qiziltepa tumani Xalq qabulxonasi binosida, tumanda yashovchi fuqarolar surishtiruv, dastlabki tergov hamda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish masalalari bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda jami 16 nafar tuman hududida yashovchi fuqarolarning murojaatlari qabul qilingan bo‘lib, 2 tasi tergov, 6 tasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish masalasida bo‘lgan bo‘lsa, 6 tasi ijtimoiy masalalarga taʼluqli bo‘ldi.

Tergov yo‘nalishi bo‘yicha 2 nafar fuqarolarning murojaatlari nazoratga olinib, ularga tushuntirishlar berildi. 

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish masalasida murojaat qilgan 6 nafar fuqaroni murojaati joyida ijobiy hal qilindi.

Ijtimoiy masalalar bo‘yicha murojaat qilgan 6 nafar fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha, tuman markazidan 25 km uzoqlikda joylashgan “Demas” mahallasiga borilib, uyma-uy yurish orqali muammolar o‘rganilib, Qiziltepa tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik A.Q.Abduraimov, tuman xokimi o‘rinbosari X.Aliyev, tuman hokimining mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Z.Rashidova, tuman Elektr tarmoqlari xizmati boshlig‘i v.Sharipov, tuman Gaz taʼminoti boshlig‘i A.Aktamov, Navoiy suv taʼminoti MCHJ Qizilepa tuman bo‘lim boshlig‘i F.G‘aniyevlar bilan atroflicha o‘rganilib, mahalla aholisiga suyultirilgan gaz ballonlari tarqatilishi taʼminlandi.

Shuningdek, joriy yilning mart oyi yakuniga qadar mahallaning               500 metr ichki yo‘lini asfalt qoplamasi bilan qoplash masalasi, elektr taʼminotini yaxshilash maqsadida 1 dona qo‘shimcha transformator o‘rnatilishini taʼminlash, 3 ko‘chaga suv taʼminotini yaxshilash uchun suv drenajlarini o‘rnatilishini taʼminlash bo‘yicha tuman hokimining qarori chiqarilib, masʼullar belgilandi.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech