O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Navoiyda sayyor qabullar boshlandi

Joriy yilning 23 oktyabr kuni Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik O.A.Xasanov tomonidan Navoiy shahar Xalq qabulxonasida shahar aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul jarayonida jami 13 nafar fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ulardan 7 tasi joyida qanoatlantirildi, 3 nafar fuqarolarga murojaatlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi, qolgan 3 tasi ijroga qaratilib, ijrosi nazoratga olindi.

Hozirda tasdiqlangan reja asosida Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik O.A.Xasanov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti Navoiyda sayyor qabullar boshlandi

 

Text to speech