O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Samarqand viloyati Payariq tumanda sayyor qabul o‘tkazilgan

2021 yiling 23 yanvar kuni Samarqand viloyatining Payariq, Ishtixon, Qo‘shrabot va Oqdaryo tumanlari aholisi uchun Samarqand viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik R.A.Ashrapov rahbarligida Payariq tumani 28-son bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida asosiy eʼtibor, murojaat bilan kelgan fuqarolarning muammolarini joyida hal etish va ularga huquqiy maslahatlar berishga qaratilib, buning uchun tuman hokimligi vakillari, jamoat birlashmalari hamda tuman IIB rahbariyati qatnashishlari taʼminlandi.

Qabul jarayonida jami 13 nafar fuqarolar turli sohalar bo‘yicha murojaat qilishdi, shundan gaz, elektr energiyasi masalasi bo‘yicha 8 ta, tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlari bo‘yicha 5 ta murojaatlar kelib tushgan, ulardan 4 tasi joyida ijobiy hal qilindi, qolganlari ijroga qaratildi.

Hozirgi vaqtda tasdiqlangan reja asosida viloyatning barcha tuman va shaharlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech