Samarqand viloyatida suyultirilgan gaz tashish uchun moʼljallangan yuk avtomashinasi portlashi oqibatida 7 ta transport vositasi yonib ketdi.
Bugun, 2019 yil 20 noyabr kuni soat taxminan 03:30larda Samarqand viloyati Nurobod tumani hududidan oʼtuvchi Samarqand-Gʼuzor А-378 avtomobil yoʼlining 33-kilometrida joylashgan “Timur GАZ” MChJga tegishli avtomashinalar turargohida harakatsiz turgan suyultirilgan gaz tashishga moʼljanlangan “MAN” rusumli yuk atomashinasida nomaʼlum sabalarga koʼra yongʼin kelib chiqib, yukxonaga oʼtib avtomashinadagi suyultirilgan gaz portlashi oqibatida ushbu avtoturargohda turgan suyultirilgan gaz tashish uchun moʼljanlangan 2 ta “MAN” va 1 ta “ZIL” rusumli avtomashinalar hamda “DAF” va “ZIL” rusumli yuk avtomashinalari, shuningdek “HYUNDAI” rusumli ekskavator yonib ketgan.
Hodisa sodir boʼlgan joyga tergov-tezkor guruhi, FVV xodimlari va tez tibbiy yordam avtomashinalari jalb qilingan.
Dastlabki maʼlmotlarga koʼra haydovchilarning bir nafari tan jarohati olib shifoxonaga murojaat etgan, qurbonlar yo'q.
Hozirda yongʼinni kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti