Samarqandda yoshlar bilan uchrashuv davom etmoqda
2020 yilning 05 mart kuni Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tergovchilaridan iborat tergov jamoasi boshqarma boshlig‘ining “Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlari tomonidan haftaning har payshanbani “huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” deb belgilash haqidagi ko‘rsatmasi asosida Samarqand viloyatidagi Oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda (huquqbuzarliklarning oldini olish, voyaga yetmaganlar va yoshlarni Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, o‘sib kelayotgan avlodni terrorizm, diniy ekstremizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilishga qaratilgan tizimni rivojlantirish mavzulari doirasida) o‘tkaziladigan uchrashuvlar” rejasiga asosan, Samarqand shahrida joylashgan Samarqand Davlat Universiteti talabalari bilan profilaktik tadbir o‘tkazildi. Uchrashuvda tergovchilar tomonidan yoshlar ogohlikka chaqirildi.
Mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilarga sodir etilgan jinoyat misolida uning oqibatlari tushuntirildi. Bundan tashqari, uchrashuv debat ko‘ranishida o‘tkazilib, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Kelgusida Samarqand viloyatining boshqa o‘quv muassasalarida ham shu kabi tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti.