O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Tergov departamentida fuqarolarni navbatdagi online qabuli o‘tkazildi

Joriy yilning 19 avgust kuni Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B.O. Jalolov tomonidan videokonfrensaloqa rejimi orqali Namangan, Navoiy va Surxondaryo viloyatlarida yashovchi fuqarolar bilan shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida 3 nafar fuqarolarning tergov bilan bog‘liq bo‘lgan murojaatlari ko‘rib chiqildi.
Kelib tushgan murojaatlarning 1 tasi tergov harakatlaridan norozilik masalasida, 2 tasi yetkazilgan moddiy zararni undirib berish masalasini tashkil etdi.
Murojaatlarning barchasi qabul davomida ijobiy hal etildi.

Eslatib o‘tamiz, ichki ishlar organlarining tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovdan norozi bo‘lgan fuqarolar vazir o‘rinbosari polkovnik Ya.A.Abdulxakovning shaxsiy qabuliga kirmoqchi bo‘lgan taqdirda, Tergov departamentining (71) 231-38-16 raqamli xizmat telefoni yoki masʼul xodim I.A. Toirovning (90)508-66-46 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech