O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentida 2023 yil 6 oyi ish yakunlari sarhisob qilindi
Kuni kecha, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Ya.Abdulxakov raisligida Tergov departamenti va uning quyi bo‘linmalari shaxsiy tarkibi ishtirokida videokonferensaloqa tizimi orqali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda xodimlarning xizmat faoliyati davomida erishgan ijobiy natijalari, tergov ko‘rsatkichlari, tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilgan shart-sharoitlarga to‘xtalib o‘tildi, shuningdek, o‘tgan davrda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, tergov sifati, murojaatlar bilan ishlash va boshqa yo‘nalishlar tanqidiy muhokama qilindi.
Shuningdek, kun tartibidagi masalalar yuzasidan Departament boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik B.O. Jalolov so‘zga chiqib, xizmat intizomini mustahkamlash va qonuniylikni taʼminlash borasida hududiy tergov boshqarmalari boshliqlariga ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish yakunida Vazir o‘rinbosari tomonidan yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni oldini olish hamda tergov sifatini oshirish yuzasidan hududiy tergov boshqarmalari boshliqlariga topshiriqlar berilib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qator vazifalar belgilab olindi.
Muallif: Tergov departamenti Kadrlar bulinmasi
MTB inspektori mayor G.K. Nabiyev
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti