O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Poytaxtimizda uyushgan jinoyatchilik, terrorizm, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Latviya qoʻshma komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

28-noyabr kuni uyushgan jinoyatchilik, terrorizm, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish sohasidagi hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Latviya qoʻshma komissiyasining majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Latviya Respublikasi IIV va Davlat politsiyasining ixtisoslashtirilgan boʻlinmalari hamda ikki mamlakat bojxona xizmatlari vakillari ishtirok etdi.

Yigʻilish chogʻida davlatlararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi, ikki mamlakat huquq-tartibot idoralarining giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish borasidagi hamkorlikdagi faoliyati holati baholandi, bu boradagi ishlarni yanada rivojlantirish istiqbollari belgilab olindi.

Ishtirokchilar ichki ishlar vazirligining giyohvand moddalarning noqonuniy tarqalishiga qarshi kurashuvchi boʻlinmalari va ikki respublika bojxona xizmatlari oʻrtasidagi amaliy hamkorlik muhimligini taʼkidladilar. Bu borada istiqbolli kelishuvlarga erishilib, ikki tashkilot oʻrtasidagi hamkorlik yangi bosqichga koʻtarilishiga erishildi.

IIV Axborot xizmati

Text to speech