O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

To‘rtko‘l tumanida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

2020 yil 11 noyabr kuni, To‘rtko‘l tumani “Bolalar-o‘smirlar sport maktabi” binosida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq qabulxonasi boshlig‘i S.Xudaybergenov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisining o‘rinbosari J.Kazbekov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining o‘rinbosari adliya katta maslahatchisi D.Yelmuratov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari podpolkovnik M.Raxmatullayev hamda tegishli tashkilotlar masʼul rahbarlari va tuman barcha sektor rahbarlari ishtirokida To‘rtko‘l tumani aholisi o‘rtasida sayyor qabul o‘tkazildi. Shuningdek, tadbir jarayonida tumandagi Yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabul davomida, vazir o‘rinbosari M.Raxmatullayev tomonidan 8 nafar fuqarolarning turli masalalardagi murojaatlari qabul qilindi.

Jumladan, fuqarolarning “Ichki ishlar organlariga yozgan arizalari bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishini nazoratga olish hamda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan qabul qilingan qarorlardan norozilik”kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

Vazir o‘rinbosari M.Raxmatullayev tomonidan 6 nafar fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi, 1 nafar fuqaroning murojaati joyida ijobiy hal qilindi hamda 1 nafar fuqaroning arizasi qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.

Maʼlumot o‘rnida, tasdiqlangan reja asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech