O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Farg‘ona viloyati IIB tomonidan OAV xodimlari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

Farg‘ona viloyati IIB tomonidan OAV xodimlari uchun matbuot anjumani tashkil etildi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB Axborot markazining rasmiy saytida ma'lum qilingan.

“Ochiq va shaffof hamkorlikdamiz” mavzusidagi matbuot anjumanida Farg‘ona viloyatida faoliyat ko‘rsatuvchi barcha OAV vakillari, respublika OAVlarning viloyatdagi muhbirlari, blogerlar hamda hokimlik, korxona-tashkilotlar axborot xizmatlari rahbarlari ishtirok etdilar.

Matbuot anjumanini viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik Tashxodjaev Doniyor Baxtiyarovich kirish so‘zi bilan ochib, bugungi kunda jurnalist va blogerlar yurtimiz hayotida ro‘y berayotgan voqea-hodisalarni tezkor yoritish bilan birga, jamiyatning turli sohalarida ko‘zga tashlanayotgan dolzarb muammolarga dadil va ochiq munosabat bildirayotganini ta'kidladi.

Ishtirokchilar tomonidan, sodir bo‘lgan voqea hodisalar, yangiliklar yuzasidan tezkor ma'lumotlar olish tartibi, viloyatdagi jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning bugungi holati, 2020 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan islohotlar bo‘yicha qizg‘in va samimiy savol-javob tariqasida fikrlar almashildi.

Anjumanda sohaviy xizmat rahbarlarining ham ishtiroki, har bir masala yuzasidan batafsil axborot almashish uchun ayni muddao bo‘ldi.

Shuningdek, tadbirda Farg‘ona viloyati IIBning yangi ko‘rinishdagi "fviib.uz" internet sayti taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Mazkur sayt orqali bevosita har qanday murojaatni to‘g‘ridan-to‘g‘ri IIB rahbariyatiga yetkazish imkoniyati mavjud. Qolaversa, “Telegramm”, “Fasebook”, “Instagram”dagi sahifalaridan ham o‘zbek va rus tillaridagi rasmiy ma'lumotlarni olish mumkin. Bu esa, foydalanuvchilarga qo‘l keladi. IIO faoliyatiga oid ochiq ma'lumotlarni matbuotda bevosita yoritib borilishida jurnalistlarning IIB Axborot xizmati bilan hamkorligining muhim jihatlari, afzalliklari ham tushuntirib berildi.

Boshqarma boshlig‘i, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni aholiga yetkazish, adashgan insonlarni to‘g‘ri yo‘lga solish, aholining huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirish, hamyurtlarimizning to‘g‘ri va xolis axborot manbai bilan ta'minlashda jurnalistlarning yordami katta ekanini qayd etib, kelgusida barcha ommaviy axborot vositalari bilan ochiq va shaffof hamkorlik o‘rnatilishini e'tirof etdi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech