O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog'iston Respublikasi xalq qabulxonasi binosida fuqarolar uchun navbatdagi qabuli o'tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, fuqarolarning sohaga oid muammolariga ijobiy yechim topish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq qabulxonasi binosida fuqarolar uchun navbatdagi qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida asosiy e’tibor, murojaat bilan kelgan fuqarolarning muammolarini joyida hal etish hamda ularga huquqiy maslahatlar berishga qaratildi, buning uchun mas’ul xodimlar ishtiroki ta’minlandi. Qabul jarayonida 15 nafardan ortiq fuqarolarning sud-huquq masalalari bo‘yicha murojaatlari qabul qilinib, ularning asosiy qismi joyida ijobiy hal etildi. Ayrim murojaatlarni o‘rganish va vaqt talab etishi inobatga olinib, mutasaddi idoralarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi va murojaat egalariga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Tergov departamenti

Text to speech