O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burch

Qashqadaryo viloyati IIBda joriy yilning to‘qqiz oyida boshqarma huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda M va FRB, boshqarmalarning shahar-tuman IIBlaridagi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar  tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda IIV o‘rinbosari polkovnik Yaxyojon Abdulxakov, har ikkala boshqarmalar shaxsiy tarkibi hamda ularning ota-onalari va oila a’zolari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda so‘z olgan Vazir o‘rinbosari xodimlarning ish faoliyati, kunlik idoraviy va protsessual nazoratni kuchaytirish hamda Respublika hududida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilayotgan qonunbuzilishi holatlaridan to‘g‘ri xulosa chiqarib olish, xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, tamagirlik qilmaslik, fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish, ular bilan noqonuniy muloqotlarga kirishmaslik, faoliyat davomida halollik, qonuniylik, xolislik, adolat va insoniylik tamoyillariga asoslanib ish yuritish lozimligini qayd etdi.

Ko‘lami keng yig‘ilishda Tergov boshqarmasi va uning shahar-tumanlari bo‘lim va bo‘linmalari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirgan ishlari, faoliyatda erishilgan yutuqlar bilan birga yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklardan tegishli xulosa chiqarib olgan holda ishni tashkil etishlari, jinoyatlarni tez va to‘la ochish, qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, uning oldini olish, har bir jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan javobgarlik muqarrarligini ta’minlash, jinoyat ishlarini protsessual qonun asosida har tomonlama to‘liq sifatli tergov qilish, jinoyatning sabablari, uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan choralarni ko‘rish tergov idoralarining asosiy vazifasi bo‘lishi ishtirokchilarga tushuntirildi.

Shu o‘rinda ichki ishlar organlari xodimlarining kunlik idoraviy nazoratini samarali yo‘lga qo‘yish, turli salbiy xatti-harakatlarni oldini olish maqsadida rahbariyat va ota-onalarning uzviy aloqasini yo‘lga qo‘yish kelishib olindi. 

Yig‘ilishda hisobot davridagi xizmat faoliyati davomida jinoyat ishlarining tergovini sifatli o‘tkazilishini ta’minlagan, yuqori natijalarga erishib, xizmatdoshlari uchun o‘rnak bo‘lgan bir guruh tergovchi va surishtiruvchilarga hamda ularning ota-onalariga tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alar topshirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech