![](https://tergov.uz/assets/public/images/avatar.jpg)
Vazir o‘rinbosari polkovnik Ramazon Ashropov Jizzax viloyatida aholini muammolarini o‘rgandi.
Xabaringiz bor, joriy yilning 4-7 fevral kunlari Respublika ishchi guruhi tomonidan Jizzax viloyatida ommaviy sayyor qabullar o‘tkazildi.
Davlatimiz rahbarining topshiriqlariga asosan, Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik R.Ashropov tomonidan Jizzax viloyatida aholi muammolari o‘rganilib, ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar holati ko‘rib chiqilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.
Mazkur ommaviy sayyor qabullarda Vazir o‘rinbosari R.Ashropov bilan birgalikda Oliy sud, Bosh prokuratura, boshqa vazirlik va idoralar rahbarlari hamda Jizzax viloyati IIB boshlig‘i general-mayor G‘.Qodirov ham ishtirok etib, fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilishdi.
Ommaviy sayyor qabul dastlab Jizzax shahrida, so‘ng Do‘stlik, G‘allaorol va Zomin tumanlarida tashkil etilib, ushbu hududlarga yaqin tumanlarda yashovchi jismoniy va yuridik shaxslar hamda ularning vakillari bilan muloqot qilindi.
Qabul davomida, fuqarolarning muammolari eshitilib, joyni o‘zida ijobiy hal etildi, ayrim fuqarolarning qo‘shimcha tekshirish talab etiladigan murojaatlari ijroga qaratilib, masʼullarga topshiriqlar berildi va qonuniy hal etilishi nazoratga olindi.
Qabullar boshqa viloyatlarda ham davom etmoqda.
IIV huzuridagi Tergov departamenti