Vazir o‘rinbosari polkovnik R.Ashropov Surxondaryo viloyatining chekka hududida jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi ishlarni o‘rganib, tergovchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi
Vazir o‘rinbosari R.Ashropov Surxondaryo viloyatida o‘rganishlari davomida Sariosiyo tumanidagi “Ehtirom” MFYda sektor rahbarlari bilan birgalikda “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi, “ijtimoiy profilaktika” tizimi doirasida kriminogen vaziyatni yaxshilash borasidagi ishlarni o‘rganib, hisobotini eshitdi.
Shuningdek, tumandagi “Farxod” muruvvat ayollar internat uyida bo‘lib, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, u yerda istiqomat qilib kelayotgan nogironligi bo‘lgan ayollar bilan uchrashuv o‘tkazdi, ular bilan samimiy muloqot qildi, uchrashuv davomida esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bundan tashqari, chegara hududda joylashgan Uzun tumani IIBda bo‘lib, tergovchilar bilan suhbatlashdi, ularga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, ichki ishlar bo‘limida tashkil etilgan “so‘rovxona” faoliyatini o‘rgandi, shuningdek, tergov xodimlarini moddiy-texnika taʼminotini yaxshilash yuzasidan tegishli choralarni belgiladi.
O‘zbekiston Respubliksi IIV huzuridagi Tergov departamenti