O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Viloyat ichki ishlar boshqarmasida 6 oylik yakunlari sarhisob qilindi

Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov departamenti boshlig‘i, polkovnik Ya.Abdulhaqov ishtirokida 2023 yilning 6 oylik yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Videokonferensiyaaloqa tarzida tashkil etilgan tadbirda viloyat IIB boshlig‘i, polkovnik M.Jo‘rayev, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosarlari, barcha sohaviy xizmat rahbarlari, shahar-tuman studiyalarida esa ichki ishlar bo‘limi boshliqlari va o‘rinbosarlari, sohaviy xizmat rahbarlari, tergovchilar, tezkor vakillar hamda profilaktika (katta) inspektorlari ishtirok etdi.

Anjumanda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, podpolkovnik I.Tillayev o‘tgan olti oy davomida viloyatda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va fosh etish borasida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar yuzasidan hisobot berdi.

Hisobotdan kelib chiqib, boshqarma va uning quyi tizimlarida jinoyatchilikning erta aniqlash va ularni jilovlash borasida yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tanqid qilindi, erishilgan yutuqlar eʼtirof etildi. Kelgusida bajarilishi zarur bo‘lgan eng ustuvor vazifalar esa belgilab olindi.

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov departamenti boshlig‘i, polkovnik Ya.Abdulhaqov jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yo‘nalishida kelgusidagi ishlarni sifat jihatidan yana-da yaxshilash bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

Tadbir davomida viloyat hududida namunali jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olishda xizmat vazifasiga vijdonan yondashgan, hamkasblariga har tomonlama o‘rnak bo‘layotgan xodimlarning xizmati munosib eʼtirof etildi. Ularning bir guruhiga IIV rahbariyatining tashakkurnomasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasining qimmatbaho esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari topshirildi.

Text to speech