м
2021 yil 23 yanvar kuni Namangan viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik T.M.Mustafayev rahbarligida, Tergov boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik E.Ya.Ubaydullayev, tergovchi katta leytenant A.X.Nurillayev va Mingbuloq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linma boshlig‘i mayor X.Z.Kamalovlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Mingbuloq tuman Xalq qabulxonasida Mingbuloq tumanida yashovchi fuqarolar bilan tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergov va pasport (biometrik pasport berish, propiskaga qo‘yish va propiskadan chiqarish, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini berish) masalalari bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda 8 nafar fuqarolar qabul qilindi.
Ular tomonidan:-
-2 nafari Mingbuloq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha turmush o‘rtoqlariga nisbatan “qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilganligi, va shu sababli turmush o‘rtoqlari bilan uchrashishda amaliy yordam berish masalasida;
-1 nafari yashash xonadonini tom qismini yopishda;
-1 nafari shifoxonada ishlashligini, ish stavkasini oshirib berishda amaliy yordam berish masalasida;
-2 nafari yozgan arizalari yuzasidan Mingbuloq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha, yetkazilgan moddiy zararlarni undirish masalasida amaliy yordam berish masalasida;
-1 nafari muqaddam yashash xonadonidan televizor o‘g‘irlab ketilganligi yuzasidan Mingbuloq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha jinoyatni sodir etgan shaxs aniqlanganligini bildirib, televizorini qaytarib olishda yordam berish masalasida,
-1 nafari Mingbuloq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergov qilingan jinoyat ishi bo‘yicha, aybdor shaxslarning oila aʼzolari zararni bir qismini berib barchasini olganligi haqida tilxat yozib berishni so‘rab bezovta qilayotganligini bildirib, bezovta qilmaslikda amaliy yordam berish masalasida,
Murojaatlarning 5 tasi joyida hal etilib qanoatlantirildi, 2 tasi tegishliligi bo‘yicha boshqa idoralarga yuborildi va 1 tasi bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti