O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Samarqandda yoshlar bilan uchrashuv

2020 yilning 21 fevral kuni Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari podpolkovnik D.M.Qurbonov tergovchilaridan iborat tergov jamoasi boshqarmasi boshlig‘ining  “Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlari tomonidan haftaning har payshanba “huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” ko‘rsatmasi asosida Samarqand viloyatidagi Oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda (huquqbuzarlikdarning oldini olish, voyaga yetmaganlar va yoshlarni Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, o‘sib kelayotgan avlodni terrorizm, diniy ekstremizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilishga qaratilgan tizimni rivojlantirish mavzulari doirasida) o‘tkaziladigan uchrashuvlar" rejasiga asosan, Samarqand shahrida joylashgan Siyob tibbiyot kolleji 3-bosqich o‘quvchilari bilan dars mashg‘uloti o‘tkazdi.

Mashg‘ulot jarayonida sodir etilgan jinoyat misolida o‘quvchilarga ularning oqibatlari tushuntirildi. Bundan tashqari, uchrashuv debat ko‘ranishida o‘tkazilib, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Kelgusida Samarqand viloyatining boshqa o‘quv muassasalarida ham shu kabi tadbirlarni o‘tkazish rejalashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech