BMTning Bola huquqlari bo‘yicha Qo‘mitasi raisi bilan uchrashuv
Joriy yilning 5 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari A.Boboxonov va Birlashgan millatlar tashkilotining Bola huquqlari bo‘yicha Qo‘mitasi raisi Renate Vinter o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida vazir o‘rinbosari A.Boboxonov BMTning Bola huquqlari bo‘yicha Qo‘mitasi raisi Renate Vinterga tergovga qadar tekshiruv va tergov harakatlari davomida voyaga etmaganlar huquqlarining himoya qilinishi ahvoli haqida batafsil ma’lumot berib, Ichki ishlar vazirligi tomonidan YUNISEF Bolalar fondi bilan yaqin hamkorlikda voyaga etmagan jablanuvchi va guvohlar uchun jihozlangan maxsus tergov xonalari kompleksi tashkil etilganligi, bugungi kunda maxsus tergov xonalarining soni 16 tani tashkil etib, yaqin kunlarda ularning sonini 215 taga yetkazish rejalashtirilganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.
Bundan tashqari, uchrashuvda joriy yilning 26-30 oktyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Kengashi huzuridagi Tadqiqot markazi bilan hamkorlikda YUNISEFning “Voyaga etmagan guvohlarni so‘roq qilish usullarini amaliyotga joriy qilish” shiori ostida trening o‘tkazilganligi, mazkur treningda respublikaning barcha hududlaridan jami 28 nafar tergovchilar ishtirok etganligi ta’kidlab o‘tildi.
Birlashgan millatlar tashkilotining Bola huquqlari bo‘yicha Qo‘mitasi raisi Renate Vinter O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi voyaga etmaganlarning huquqlarini himoya qilishda o‘zining munosib xissasini qo‘shib kelayotganligini ta’kidlab, bu sohadagi faoliyatda muvaffaqiyatlar tiladi.