Samarqandda “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi
Joriy yilning 29 fevral kuni Samarkand viloyat IIB xuzuridagi Tergov boshkarmasida tergov sohasida uzoq yillar fidokorona mehnat qilib, nafaqaga chiqqan 50 nafar tergovchilar bilan hozirgi kunda sohada xizmat qilib kelayotgan barcha surishtiruvchi va tergovchilar o‘rtasida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi. Uchrashuvda nafaqadagi xodimlar yoshlarga o‘zlarining ish faoliyati davomida boshidan o‘tkazgan qiyinchiliklar va qizikarli holatlarni so‘zlab berib, qimmatli maslahat va o‘gitlarini berdilar.
Ayniksa, 1973 yilda tergovchi lavozimida ish faoliyatini boshlagan iste'fodagi polkovnik K.Boboqulovning boshidan o‘tkazgan kechinmalari yosh xodimlarda katta taassurot qoldirdi.
Bundan tashqari, avval Tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimida uzoq yillar xizmat qilib, nafaqaga chiqqan iste'fodagi polkovnik A.Yu.Atamurodovga an'anaga muvofiq milliy zar cho‘pon kiydirilib, nafaqaga kuzatuv marosimi o‘tkazildi.
Uchrashuv yakunida barcha mehmonlar viloyat IIB va Tergov boshqarmasida xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, o‘zlarining chuqur taassurotlarini bildirdilar. Ayni paytda mazkur uchrashuv Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlaridagi lavozimlarga endi xizmatni boshlab, jinoyatlarni tergov qilishga bel bog‘layotgan yosh xodimlar uchun katta ibrat maktabi bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti