O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Buxorodagi sayyor qabul - Tergov boshqarmasi boshlig‘i Shofirkon tumanida.

Joriy yilning 11 fevral' kuni Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik B.Z.Sharipov tomonidan Shofirkon tumani 3 sektor shtabi binosida tuman aholisi ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda 20 nafarga yaqin fuqarolar ijtimoiy-maishiy, sog‘liqni saqlash va boshqa masalalarda murojaat qildilar.

Ta'kidlash lozim, murojaatlarning ko‘pchiligi imtiyozli kredit olish, tadbirkorlikni boshlash, uy-joy bilan ta'minlash masalalari bilan bog‘liq bo‘ldi.

Viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik B.Z.Sharipov har fuqaroning murojaati bilan atroflicha tanishib, ularga qonuniy yechim topish borasida mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berdi.

Hozirda tasdiqlangan reja asosida Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik B.Z.Sharipov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech