Jizzaxda sayyor qabul, qabulda Zomin tuman aholisi.
Tergov departamentining ko‘rsatmasiga asosan joriy yilning 11 mart kuni Jizzax viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik M.A.Sattarov tomonidan Zomin tumani Yoshlar markazi binosida sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabul davomida jami 12 nafar fuqarolar qabul qilinib, ularning murojaatlari tinglandi.
Murojaatlarning 7 tasi shu joyning o‘zida qanoatlantirildi va sayyor qabul davomida 2 nafar fuqarolarning tumanda faoliyat yuritayotgan korxonalardagi bo‘sh ish o‘rinlariga joylashishlari ta'minlandi. Qolgan murojaatlar ijroga qaratilib, tegishli tashkilot mutasaddilariga ko‘rsatmalar berildi.
Murojaatlarning aksariyat qismi fuqarolik pasporti masalasida, ish haqini undirish, davolanish uchun moddiy yordam olish, kredit rasmiylashtirish, ishga joylashtirish va oldi berdi masalasida bo‘ldi.
Shuningdek, shu joyning o‘zida mahalla faollari va keng jamoatchilikni jalb qilgan holda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha targ‘ibot yig‘ilishi o‘tkazilib, hozirgi kunda ko‘p uchrayotgan jinoyatlarning ko‘rinishi va ularning qurboniga aylanib qolmaslik bo‘yicha zarur tushunchalar berildi.
Hozirda tasdiqlangan reja asosida Jizzax viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik M.A.Sattarov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti