Namangan viloyatida sayyor qabullar davom etmoqda.
Joriy yilning 24 yanvar' kuni Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik T.M.Mustafaev tomonidan Namangan shahar Xalq qabulxonasida shahar aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul jarayonida jami 13 nafar fuqarolardan 11 ta murojaatlar kelib tushgan. Shundan:
4 tasi Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilayotgan jinoyat ishlari bo‘yicha qonuniy yengillik berish masalasida;
1 tasi qamoqda saqlanayotgan farzandi bilan uchrashish va unga qonuniy yengillik berish;
2 tasi yetkazilgan zararni undirib berishda amaliy yordam berish;
4 tasi esa Tergov bo‘limi xodimlari tomonidan murojaatlari ijobiy hal qilinganligi uchun minnatdorchilik bildirish masalasidagi murojaatlari qabul qilindi.
Murojaatlarning 6 tasi joyida qanoatlantirildi, 2 nafar fuqaroning murojaatlari bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi va 3 tasi bo‘yicha arizalar olinib, ijroga qaratildi.
Hozirda tasdiqlangan reja asosida Namangan viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik T.M.Mustafaev tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti