Navoiy viloyati Xatirchi tumanida sayyor qabul.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti rahbariyatining ko‘rsatmasiga asosan, joriy yilning 20 fevral' kuni Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik O.A.Xasanov tomonidan Xatirchi tumanida joylashgan Xalq qabulxonasida tuman aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida tumanda yashovchi 10 nafar fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, shundan 5 nafarini murojaatlari qanoatlantirildi, 3 nafariga tushuntirishlar berildi va 2 nafar fuqaroning murojaatlari vaqt talab qilganligi sababli nazoratga olindi.
Sayyor qabul davomida fuqarolarni odam savdosi va firibgarlik qurboniga aylanmasliklari uchun buklet va flaerlar tarqatilishi, shuningdek sayyor qabul OAV vositalarida ham yoritib berilishi uchun tumandagi “Xatirchi hayoti” gazetasi muhbirlari ham taklif kilindi.
Hozirda tasdiqlangan reja asosida Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik O.A.Xasanov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti