Sirdaryoda sayyor qabul, qabulda Xovos tuman aholisi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti rahbariyatining ko‘rsatmasiga asosan, joriy yilning 14 mart kuni Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Sh.Sh.Sharipov tomonidan Xovos tumani Halq qabulxonasida tuman aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul jarayonida jami 9 nafar fuqaro qabul kilindi. Kelib tushgan murojaatlardan 6 tasi joyida xal qilindi, 3 tasi bo‘yicha ariza olinib, tegishli idoralarga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.
Hozirda tasdiqlangan reja asosida Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Sh.Sharipov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti