O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Buxoroda sayyor qabullar davom etmoqda.

Tergov departamentining ko‘rsatmasi ijrosi yuzasidan joriy yilning 20 fevral kuni Peshku tumani Xorkash MFYda sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabul davomida jami 20 nafar fuqarolar qabul qilinib, ularning murojaatlari tinglandi.

Murojaatlarning 8 tasi shu joyning o‘zida qanoatlantirildi va qolgan murojaatlar ijroga qaratilib, tegishli tashkilot mutasaddilariga ko‘rsatmalar berildi hamda zarur hujjatlar rasmiylashtirildi.

Murojaatlarni o‘rganish jarayonida ularning aksariyati mahalla hududida joylashgan maktabgacha ta'lim mussasasini qayta rekonstruksiya qilish, mahallaning ichki yo‘llarini qayta ta'mirlash, qishloq vrachlik punktini tashkil qilib, malakali shifokorlarni jalb qilish masalasida ekanligi aniqlandi.

Shuningdek, shu joyning o‘zida mahalla faollari va keng jamoatchilikni jalb qilgan holda jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha targ‘ibot yig‘ilishi o‘tkazilib, hozirgi kunda ko‘p uchrayotgan jinoyatlarning ko‘rinishi va ularning qurboniga aylanib qolmaslik bo‘yicha tushunchalar berildi. Undan tashqari, mahallada istiqomat qiluvchi 4 ta kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam tariqasida oziq-ovqat mahsulotlari va nogironlik aravachalari tarqatildi.
Hozirda tasdiqlangan reja asosida Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik B.Z.Sharipov tomonidan viloyatning barcha shahar va tumanlarida sayyor qabullar o‘tkazilishi davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech