O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

DAVRA SUHBATI

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, polkovnik Ya.A.Abdulxakov tomonidan IIV Akademiyasida magistratura tinglovchilari bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Joriy yilning 25 dekabr kuni IIV Akademiyasida polkovnik Ya.Abdulxakov tomonidan “Ichki ishlar organlarining tergov xizmatlari faoliyatini takomillashtirish: islohotlar, muammolar va ularning yechimlari” o‘quv moduli doirasida magistratura tinglovchilari uchun ochiq muloqot tarzda davra suhbati o‘tkazildi.

Suhbat davomida Ya.Abdulxakov tinglovchilarga dastlab ichki ishlar organlari tergov bo‘linmalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan, IIO faoliyati, ularning asosiy vazifa va funksiyalari, sohada faoliyat yuritishning o‘ziga xos tomonlari, rahbarlarning xizmatni qay tarzda tashkil etishi, o‘z ustida doimiy ravishda ishlashi, o‘zining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini muntazam oshirib borishi haqida, shuningdek, tinglovchilar tomonidan berilgan savollar asosida maʼlumotlar berildi.

Davra suhbati davomida xizmatni tashkil etish, tergov sifati va boshqa yo‘nalishlarga ham alohida to‘xtalib, kelgusida eʼtibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim vazifalar ko‘rsatib o‘tildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech