Buxoro viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Oqil Hasanov Shofirkon tumanida og‘ir ijtimoiy ahvoldagi yoshlar bilan uchrashdi
Uchrashuv davomida yoshlarining muammolar hamda takliflar o‘rganilib, o‘zaro muloqotda ular tomonidan ko‘tarilgan murojaatlar tinglandi.
Ochiq muloqotda, yoshlar tomonidan bank imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishi, tadbirkorlik uchun yer maydoni ajratishda amaliy yordam berish, ish bilan taʼminlash, mutaxassisligi bo‘yicha ishga joylashtirish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishda imtiyozlardan foydalanish va boshqa ijtimoiy muammolar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi.
Asosiy eʼtibor, murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish uchun ish yurituviga olingan murojaatlar yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.
Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari shu kuni yoshlarni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan muborakbod etib, ularga bayram sovg‘alarini ulashdi.