Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Xo'jayli tumanida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari - Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, fuqarolarning soha bilan bog‘liq muammolariga ijobiy yechim topish maqsadida Xo‘jayli tumani Xalq qabulxonasi binosida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabul davomida asosiy e’tibor, murojaat bilan kelgan fuqarolarning muammolarini joyida hal etish hamda ularga huquqiy maslahatlar berishga qaratildi, buning uchun mas’ul xodimlar ishtiroki ta’minlandi. Qabul jarayonida 15 nafardan ortiq fuqarolarning sud-huquq masalalari bo‘yicha murojaatlari qabul qilinib, ularning asosiy qismi joyida ijobiy hal etildi. Ayrim murojaatlarni o‘rganish va vaqt talab etishi inobatga olinib, mutasaddi idoralarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi va murojaat egalariga huquqiy tushuntirishlar berildi.