Zarafshonda viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Sh.Sh.Sharipovning navbatdagi sayyor qabul uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 10 iyul kuni, 3-sektor shtabida o‘tkazilgan qabulda fuqarolarning 10ga yaqin murojaatlari tinglandi. Aksariyat murojaatlar tergov harakatlari shuningdek, ishga joylashish kabi mazmundagi fuqarolarning yechim talab muammolariga bag‘ishlandi.
Jumladan, Istiklol MFYda yashovchi 2002 yilda tugilgan fuqaro Merjan Asadbayev chilangarlik bo‘yicha ishga joylashish uchun murojaat qilgan edi. Shu kunning o‘zida mutaxassisligi bo‘yicha shahar Musiqa maktabiga chilangarlik ishi bo‘yicha yo‘llanma berilib muammosi ijobiy hal etildi. Bundan tashqari, qabul kuni yana 4 kishining murojaati ijobiy hal etildi. 3 tasiga masala yechimi bo‘yicha huquqiy yo‘nalish berildi.
Shuni alohida taʼkidlash joizki, qabulda bildirilgan har bir muammo ortida inson taqdiri hamda uning manfaatlari yotgani alohida eʼtiborga olindi. Shuningdek, qabul davomida obodonlashtirish, imtiyozli kredit olish kabi bir qator masalalarda ham amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti