O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Jizzax viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan tashkillashtirilgan “Zakovat” intellektual o‘yinining shahar va tuman bosqichi yakuniga yetdi

«Xavfsiz hayot uchun birlashaylik!» shiori ostida Jizzax viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan tashkillashtirilgan ichki ishlar organlariga biriktirilgan yoshlar o‘rtasidagi “Zakovat” intellektual o‘yinining shahar va tuman bosqichi yakuniga yetdi.

Mazkur bilimdonlar bellashuvlarida birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

Shuningdek, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar musobaqaning viloyat bosqichida ishtirok etishdi.

Qayd etish joiz, mazkur tadbir mamlakatimiz rahbarining 2019 yil 9 yanvardagi «Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi hamda joriy yil 21 fevral kungi «O‘zbekiston - 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"gi farmonlari, IIVning tegishli farmoyish va ko‘rsatmalari asosida uyushtirildi.

Text to speech