O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Jizzax viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan o‘quv mashg‘ulot tashkil etildi

Jizzax viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan ayrim protsessual harakatlar yoki boshqa tadbirlarni ichki ishlar organlarining maʼmuriy binolarida amalga oshirish tartibi yuzasidan o‘quv mashg‘ulot tashkil etildi.

Tadbirda viloyat IIB sohaviy xizmatlari hamda onlayn tarzda shahar va tumanlar IIB boshliqlari va o‘rinbosarlari, shaxsiy tarkibi ishtirok etishdi.

Tadbirda IIOga olib kelingan shaxslar bilan protsessual harakatlar yoki boshqa tadbirlarni amalga oshirishga oid umumiy talablar, so‘rovxonalarni tashkil etish, undan foydalanish va nazorat qilish borasida ichki ishlar organlari masʼul xodimlarining vazifalari, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirishuvchi xizmatlar xodimlarining so‘rovxonadan foydalanish tartibi, so‘rov qilingan shaxslarni hisobga olish, ro‘yxatdan o‘tkazish va hujjatlarni yuritish tartiblari yetkazildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech