Jizzaxda yoshlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
Jizzax viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Baxmal, G‘allaorol, Yangiobod, Zomin, Do‘stlik va Arnasoy tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablar va o‘rta umumtaʼlim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinlari tashkil etildi.
“Xavfsiz hayot uchun birlashaylik!” shiori ostidagi mazkur bilimdonlar bellashuvlarida birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
Shuningdek, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritganlar musobaqaning viloyat bosqichida ishtirok etishadi.
Qayd etish joiz, mazkur tadbir mamlakatimiz rahbarining 2019 yil 9 yanvardagi "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida"gi hamda joriy yil 21 fevral kungi "O‘zbekiston - 2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"gi farmonlari, IIVning tegishli farmoyish va ko‘rsatmalari asosida uyushtirildi.