Jizzaxda jinoyat ishlarini tezkor tamomlash bo‘yicha “Surxondaryo tajribasi” joriy etilmoqda
Jizzax viloyati IIBda IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik M.A. Sattarov rahbarligida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Seminarda ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat ishlarini qisqa muddatlarda yakunlashga qaratilgan “Surxondaryo tajribasi”ni amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.
Asosiy vazifalar etib quyidagilar belgilandi:
- Tergovga qadar tekshiruvni to‘liq va sifatli o‘tkazish;
- “Yarashuv” va “aybiga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv” institutlarini keng qo‘llash;
- Protsessual muddatlarga qat’iy rioya etish va dalillarni xolisona baholash.
Mazkur yangi tizim jinoyat ishlarini tezkor va qonuniy tamomlashga, eng muhimi, fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiligi hamda sarf-xarajatlarining oldini olishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti