Joriy yilning 23 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari tomonidan 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan hisobot-yig‘ilishi o‘tkazildi
Joriy yilning 23 yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari tomonidan 2022 yilda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan hisobot-yig‘ilishi o‘tkazildi.
Hisobot yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik O.T.Kulbekov ham ishtirok etdi.
Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan hisobot-yig‘ilishda 2022 yilda erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda, tizimda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularni kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar, shuningdek, xodimlarning tartib va ijro intizomiga rioya qilishlari muhokama qilindi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan maqsadli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Yig‘ilishda 2023 yil Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari xodimlari uchun “Tergov sifatini oshirish yili” deb belgilanganligi eʼlon qilindi.
Shu bilan birga yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari podpolkovnik A.M.Utemuratov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yana-da yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2023 yil 20 yanvar kunidagi 10-sonli Qarori mazmun mohiyati tushuntirilib, ushbu qaror asosida qabul qilingan Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi talablariga har bir tergovchi va surishtiruvchilar amal qilishi, fuqarolar bilan ishlashda ushbu kodeks qoidalariga so‘zsiz amal qilish lozimligi bo‘yicha tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Yig‘ilish yakunida, 2022 yil davomida o‘z xizmat burchini masʼuliyat bilan sidqidildan, halol bajargan, ijobiy natijalarga erishgan, hamkasblariga o‘rnak bo‘lgan bir guruh tergovchi va surishtiruvchilarga IIV huzuridagi Tergov departamenti boshlig‘ining faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alar topshirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi IIV Tergov departamenti rahbariyatining tashabbusi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalari xizmat qilib kelayotgan tergovchi va surishtiruvchilarning ota-onalari holidan xabar olindi.
Tashrif davomida, o‘z xizmat faoliyati davomida safdoshlariga o‘rnak va namuna ko‘rsatib kelayotgan tergovchi va surishtiruvchilarning ota-onalariga Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari-Tergov departamenti boshlig‘ining minnatdorchilik xatlari va esdalik sovg‘alar topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti