O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Joriy yilning ikki oyi sarhisob qilindi

Kuni kecha, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti va uning quyi bo‘linmalari shaxsiy tarkibi ishtirokida 2022 yilning ikki oyi hamda mart oyining o‘n kuni mobaynida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bo‘yicha videokonferensaloqa tizimi orqali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Vazir o‘rinbosari Ya.Abdulxakov so‘z avvalida Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan lavozimga tayinlangan xodimlarni shaxsiy tarkibga tanishtirib, ularning kelgusi xizmat faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda hisobot vaqti davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan ijobiy ko‘rsatkichlar hamda tizimda vujudga kelgan salbiy holatlarga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Yig‘ilish davomida Vazir o‘rinbosari Ya.Abdulxakov tergov bo‘linmalari xodimlari orasida xizmat intizomini mustahkamlash va qonuniylikni taʼminlash, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik borasida hududiy tergov boshqarmalari boshliqlariga tegishli topshiriq va vazifalarni belgilab berdi.

Kun tartibidagi masalalar muhokamasidan so‘ng, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olinib, bunda joylardagi rahbar va masʼul xodimlar asosiy eʼtiborni qaysi jihatlarga qaratishi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

 

Muallif: Tergov departamenti katta tergovchisi

kapitan S. Sobirjonov

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech