Bir qop pul
Noumidlik xatolarning kattasidur.
Mahmudxo‘ja Behbudiy
Alisher qosh qorayganda uyiga qaytdi. Mahallani ikkiga ajratgan kanalning ko‘prigidan o‘tgach, egri-bugri va o‘ydim-chuqur tor ko‘chaga burildi-yu, o‘zining xonadoni eshigiga ko‘zi tushganidan so‘ng yengil tortdi. Alisherning Beruniy-Toshkent yo‘nalishida yo‘lovchi tashishiga ham besh yildan oshdi. Bu besh yil davomida ikkinchi mashinasi ham eskirib boryapti. Shu o‘ylar bilan uyga kirgan Alisher, turmush o‘rtog‘i Lobarning keltirgan ovqatni zo‘r ishtaha bilan yedi. Yo‘l azobi sababli, boshi yostiqqa tekkan zahoti uxlab qoldi. Ertalab uyg‘ongach, o‘z ishlari bilan band bo‘lib, indinga Toshkent shahriga ketuvchi mijozlar bilan aloqaga chiqdi. Shundan so‘ng mashinasini texnik ko‘rikka olib borib, tushlikka yaqin uyiga keldi. Keksa otasi va onasi bilan suhbatlashib, ularni ko‘nglini ko‘tardi. Uyidagi mayda-chuyda ishlarni qilgach, yotoqxonasiga kirib, tong sahar ketishi sababli dam olmoqchi bo‘ldi. Shu vaqtda turmush o‘rtog‘i uyga mehmon kelganligini aytdi. Mehmon Alisher bilan salomlashganidan so‘ng, ismi Lochinbek ekanligini aytdi va maqsadiga ko‘chdi:
– Ertaga Toshkentga ketasizmi?
– Ha.
– Sizdan pul berib yubormoqchi edim.
– Bo‘ldi bering, kimga berish kerak?
– Pullarni ertaga ketmoqchi bo‘lgan vaqtingizda olib kelaman!
– Mayli, o‘zingiz bilasiz.
– Mashinangizni orqa yukxonasi bo‘sh bo‘ladimi?
– Nima pullaring ko‘pmi?
– Ha, uch yuz milliondan ortiq, “Malibu” mashina olish uchun berib yuborilayotgan pullar. Yuz minglik, ellik minglik va o‘n minglik, xullas xar xil kupyuralarda taxlab, bir qopga solganmiz. Ertaga ketayotgan vaqtingizda qopni ochib, har bir pachkani sanab, so‘ng videoga olamiz. Sizga pullarni sanab berganimizdan so‘ng, Toshkent shahriga yetib borgan vaqtingizda, yo‘lda sizni kutib olishadi. Darvoqe, yo‘l haqi qancha?
Alisherning o‘ylarini orqada o‘tirgan yo‘lovchilardan biri, yaʼni Botirning gaplari bilan bo‘lindi:
– Aka, siqilmang! Mening Samarqand shahrida qarindoshlarim bor, ular ichki ishlarda ishlaydigan tanishlari bor, ularga aytib, o‘g‘rilarni topishga yordam berishini so‘raymiz, – dedi Botir.
Mashinadagi barcha Botirga savol nazari bilan qarashdi va Botir ham o‘zini huddi yomon bir ish qilgandek sezdi.
Shundan so‘ng mashina manzilga yetib bordi, pulni kutib olishi kerak bo‘lgan odam vaziyatni bilganidan so‘ng janjal ko‘tardi. U Ichki ishlar idorasiga qo‘ng‘iroq qildi. Xodimlar yetib kelib, barchani ichki ishlar binosiga olib ketishdi. Alisherning mashinasini esa ekspertizaga yuborishdi. Alisher ikki kun ichki ishlar idorasi qatnadi va so‘roq qilinishi uchun tergovchining xonasiga kirdi. O‘zini Jasur Xo‘jamuradov deb tanishtirgan tergovchi savollar berib, javoblarini kompyuterda yozib olarkan, Alisherdan mazkur o‘g‘irlikni kimdan gumon qilishini so‘radi.
– Men nima deyishni ham bilmayman, mashinamda kelayotgan to‘rt yo‘lovchidan biri ayol kishi, undan gumon qilmayman. Dastlab old o‘rindiqda o‘tirgan Lazibek degan yigitdan gumon qildim.
– Nima uchun?
– Chunki, Samarqandda to‘xtagach ovqatlanish uchun oshxonaga kirdik. Lazizbek bo‘lsa hojatga deb ketdi, ancha vaqtdan so‘ng keldi, shu orada pulni olib, tanishlariga berib yubordimikan deb o‘yladim. Biroq, u mening yonimda o‘rindiqda o‘tirib keldi, telefon orqali onasi va yaqinlari bilan gaplashdi, Samarqandga yetgunimizcha birovga xabar yozmadi. Agar u birovga bu haqda aytganda bilishim kerak edi. Yo‘lga chiqqanimizdan so‘ng Samarqandda kelgunimizcha uxlab keldi.
– Hojatga deb sizdan ajralib ketganidan so‘ng, qancha vaqtdan keyin qaytib keldi? – dedi tergovchi kompyuterda yozishda davom qilib.
– Taxminan besh yoki olti daqiqada. Shu sababli u bu vaqtda pulni olib yana kim bilandir gaplashishga ulgurmaydi deb o‘ylayman.
– Xo‘sh, keyingi yo‘lovchidan nega gumon qildingiz?
– Orqa o‘rindiqda o‘tirgan Asror degan yigitdan gumon qilishimga, uning Samarqandga kelgunimizcha kimlar bilan telefon orqali xabar yozishib o‘tirishi sabab bo‘ldi. Balki, tanishlariga xabar yuborib, ularga yo‘l-yo‘riq berib turgan bo‘lishi mumkin.
– Uchinchi yo‘lovchidan nega gumon qilyapsiz? – dedi tergovchi.
– Narigi ikkisidan ko‘ra o‘sha uchinchi yo‘lovchi Botirdan ko‘proq gumon qilaman. Samarqandda pul o‘g‘irlangach, u bizga Samarqandda qarindoshlari borligi to‘g‘risida bilmasdan gapirib yubordi. U orqa o‘rindiqda o‘tirib, o‘sha qarindoshlari bilan xabar yozishib o‘tirgan bo‘lishi mumkin!
Tergovchi so‘roqni yakunlagach, Alisherga bayonnomani tanishib chiqish uchun taqdim qildi. Alisher hujjatlarga imzo chekkach, hujjatlarni tergovchiga berdi.
– Shu... uyga ketsam bo‘ladimi, otam-onam keksa, ular ikki kundan beri uyga qaytmayotganimga xavotir olishmoqda. Beruniy tumaniga, uyimga ketmasam
– Qancha berasiz?
– Qancha berishim kerak?
– Insof bilan aytganda o‘ttiz-qirq ming so‘m bo‘ladi. Biroq, bu katta pul va buning masʼuliyati ham bor. Biroq, o‘zingiz bilasiz qancha bersangiz, insofimiz bor!
– Bo‘pti, siz pullarni manzilga yetkazib bering, uch yuz ming so‘m beramiz. Biroq, pullarga boshingiz bilan javob berasiz!
– Xo‘p.
Alisher shuncha vaqtdan beri Toshkent shahriga qatnab, ko‘pchilikning pullarini yetkazib bergan bo‘lsa-da, buncha haq olmagan edi. Xursand bo‘lganidan, kayfiyati kun davomida yaxshi bo‘ldi.
Ertasi kuni mijoz yo‘lovchilar mashinaga minganidan so‘ng, kechagi pul yuborishi kerak bo‘lgan Lochinbekning kelmayotganligiga ancha xavotir ola boshladi. Kelishilgan vaqt allaqachon bo‘lgan bo‘lsa-da, Lochindan darak yo‘q edi. Shu vaqtda uzoqdan mashina ko‘rindi. Alisher mashinaga peshvoz chiqdi. Mashina yo‘lga chiqmayotganligi sababli, mijozlarning toqatsizlanib boshlaganligini ko‘rib, ularni tinchlanishi iltimos qildi. Lochin qora qopni ochdi va yonidagi sherigi bilan pullarni pachkalarini sanab, bu jarayonni tasvirga olib turdi. Zerikkan mijozlar esa mashinadan tushib jarayonni kuzatib turishdi. Barcha pullar sanalganidan so‘ng, mashinaning orqa yukxonasi ochildi. Yukxonada yo‘lovchilarning yuklari bo‘lganligi sababli, qopni yuklarning ustiga amallab joylashtirishdi. Shundan so‘ng Lochinbek uch yuz ming so‘mni Alisherga berdi. Alisher pullarni sanab olgach, ota-onasidan duo olish maqsadida, uyga kirdi. Keksalar duo qilishib, Alisherga oq yo‘l tilashdi. Alisher Toshkent shahriga yo‘l olarkan, yuragida qo‘rquv bilan mashinani boshqarardi. Mashina har chuqurga tushgan vaqtida yo keskin tormoz bergan vaqtida orqani ko‘rsatuvchi oynadan orqa yuk xonaga qarab qo‘yardi.
Mashina nihoyat Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi oshxonada to‘xtadi. Bu yerdagi oshxonalar doim mijoz bilan band bo‘ladi. Ko‘pchilik yengil mashinalar va avtobuslar shu yerda to‘xtaydi. Oshpazlarning qo‘li qo‘liga tegmaydi, savdo qizigandan-qizigan. Doim yo‘lovchilar bilan birga ovqatlanadigan Alisher, bu safar ham ular bilan birga o‘tirmoqchi bo‘ldi. Biroq, mashinaning oldingi o‘rindiqda o‘tirib kelgan va o‘zini Lazizbek deb tanishtirgan yigit, negadir hojatga chiqib kelaman deb uzoq qolib ketdi. Barcha ovqatlanib bo‘lganidan so‘ng mashinaga minishdi. Alisher mashinaga minishdan oldin, yuklarni tekshirish maqsadida orqa yukxonani ochdiyu, dahshatdan qotib qoldi. Yukxonada qop yo‘q edi. Alisher turgan joyida yerga o‘tirib qoldi. Yo‘lovchilar Alisherga gapirayotgan vaqtida o‘ziga keldi.
– Aka nima bo‘ldi, tuzukmisiz? – dedi yo‘lovchilardan biri.
– Pul yo‘q, bir qop pul... Endi nima qilaman! – deb Alisher ikki qo‘li bilan boshini changallaganicha qotib qoldi.
Yo‘lovchilar manzilga tezroq borishi aytib qistovga olishar, Alisher esa topilib qolishi umid qilib, pullarni izlardi. Samarqanddan Toshkent shahriga yetib borgunga qadar Alisher bir og‘iz gapirmadi. Biroq, mashina saloni ichini ko‘rsatuvchi oynadan yo‘lovchilarga razm solib bordi. Pulni kim o‘g‘irladi, balki Lazizbek o‘g‘irlagandir, axir u hojatga deb ancha ketib qoldi-ku. Unda pullarni kimga berishi mumkin. Samarqandda tanishi bormikan. Balki, orqa o‘rindiqda o‘tirgan Asror degan bola o‘g‘irladimikan!?
Ha, u bo‘lishi mumkin, pullarni ko‘rib ko‘zlari kosasidan chiqqudek bo‘lgandi, ham telefonida kimlar bilandir xabarlar yozishib o‘tirgandi. Orqamizdan mashinada sheriklari kelgan bo‘lsa-chi.
Alisherning o‘ylarini orqada o‘tirgan yo‘lovchilardan biri, yaʼni Botirning gaplari bilan bo‘lindi:
– Aka, siqilmang! Mening Samarqand shahrida qarindoshlarim bor, ular ichki ishlarda ishlaydigan tanishlari bor, ularga aytib, o‘g‘rilarni topishga yordam berishini so‘raymiz, – dedi Botir.
Mashinadagi barcha Botirga savol nazari bilan qarashdi va Botir ham o‘zini huddi yomon bir ish qilgandek sezdi.
Shundan so‘ng mashina manzilga yetib bordi, pulni kutib olishi kerak bo‘lgan odam vaziyatni bilganidan so‘ng janjal ko‘tardi. U Ichki ishlar idorasiga qo‘ng‘iroq qildi. Xodimlar yetib kelib, barchani ichki ishlar binosiga olib ketishdi. Alisherning mashinasini esa ekspertizaga yuborishdi. Alisher ikki kun ichki ishlar idorasi qatnadi va so‘roq qilinishi uchun tergovchining xonasiga kirdi. O‘zini Jasur Xo‘jamuradov deb tanishtirgan tergovchi savollar berib, javoblarini kompyuterda yozib olarkan, Alisherdan mazkur o‘g‘irlikni kimdan gumon qilishini so‘radi.
– Men nima deyishni ham bilmayman, mashinamda kelayotgan to‘rt yo‘lovchidan biri ayol kishi, undan gumon qilmayman. Dastlab old o‘rindiqda o‘tirgan Lazibek degan yigitdan gumon qildim.
– Nima uchun?
– Chunki, Samarqandda to‘xtagach ovqatlanish uchun oshxonaga kirdik. Lazizbek bo‘lsa hojatga deb ketdi, ancha vaqtdan so‘ng keldi, shu orada pulni olib, tanishlariga berib yubordimikan deb o‘yladim. Biroq, u mening yonimda o‘rindiqda o‘tirib keldi, telefon orqali onasi va yaqinlari bilan gaplashdi, Samarqandga yetgunimizcha birovga xabar yozmadi. Agar u birovga bu haqda aytganda bilishim kerak edi. Yo‘lga chiqqanimizdan so‘ng Samarqandda kelgunimizcha uxlab keldi.
– Hojatga deb sizdan ajralib ketganidan so‘ng, qancha vaqtdan keyin qaytib keldi? – dedi tergovchi kompyuterda yozishda davom qilib.
– Taxminan besh yoki olti daqiqada. Shu sababli u bu vaqtda pulni olib yana kim bilandir gaplashishga ulgurmaydi deb o‘ylayman.
– Xo‘sh, keyingi yo‘lovchidan nega gumon qildingiz?
– Orqa o‘rindiqda o‘tirgan Asror degan yigitdan gumon qilishimga, uning Samarqandga kelgunimizcha kimlar bilan telefon orqali xabar yozishib o‘tirishi sabab bo‘ldi. Balki, tanishlariga xabar yuborib, ularga yo‘l-yo‘riq berib turgan bo‘lishi mumkin.
– Uchinchi yo‘lovchidan nega gumon qilyapsiz? – dedi tergovchi.
– Narigi ikkisidan ko‘ra o‘sha uchinchi yo‘lovchi Botirdan ko‘proq gumon qilaman. Samarqandda pul o‘g‘irlangach, u bizga Samarqandda qarindoshlari borligi to‘g‘risida bilmasdan gapirib yubordi. U orqa o‘rindiqda o‘tirib, o‘sha qarindoshlari bilan xabar yozishib o‘tirgan bo‘lishi mumkin!
Tergovchi so‘roqni yakunlagach, Alisherga bayonnomani tanishib chiqish uchun taqdim qildi. Alisher hujjatlarga imzo chekkach, hujjatlarni tergovchiga berdi.
– Shu... uyga ketsam bo‘ladimi, otam-onam keksa, ular ikki kundan beri uyga qaytmayotganimga xavotir olishmoqda. Beruniy tumaniga, uyimga ketmasam
bo‘lmaydi, ular rosa xavotir olishyapti, – dedi Alisher tergovchiga ilinj bilan ko‘z tikib.
– Mayli ruxsat beraman, biroq aytib qo‘yishim kerak, siz ham gumondorlar ichida borsiz. Hech qayerga ketishingiz mumkin emas. Agar chaqirgan vaqtimizda hozir bo‘lmasangiz, shubha tug‘dirasiz!
– Mashinamni olib ketishim mumkinmi?
– Mashinangiz ekspertiza tekshiruvidan o‘tdi, uning yukxonasi buzilmagan. Mayli, mashinangizni olib chiqish uchun ruxsat qog‘ozi beraman.
– Yana bir iltimosim bor edi, – dedi Alisher chaynalib va gapida davom qildi:
– Uyimga qog‘oz yubormang, ota-onamning yuragi ko‘tarmaydi...
– Bunga vaʼda berolmayman, qonun doirasida harakat qilamiz, – dedi tergovchi sovuqqonlik bilan.
Alisher uyiga qanday yetib kelganligini bilmay qoldi. Xayoli faqat o‘sha bir qop pulda. Lochinbek ham har daqiqada qo‘ng‘iroq qilardi. Uyiga yetib kelganiga ko‘p bo‘lmasdan Lochinbek yetib keldi.
– Nima qilding pullarni?
– Men ham hayronman...
– Ey, bilmayman mening uch yuz yigirma million pulimni topib berasan! O‘zing o‘g‘irlagansan!
– Men... qanday qilib?
– Bilmayman, topib berasan!
– Iltimos, otam va onam eshitmasin...
– Meni nima ishim bor! Kechqurun kelamiz, agar pullarimni topib bermasang, uyingni nomimga o‘tkazib berasan. Pullarimni topib berganingizdan so‘ng uyingizni qaytarib beraman!
Lochinbek Alisherning iltijolarini quloq solmadi, janjal ko‘tarib, kechqurun kelishini aytib, darg‘azab holda ketdi.
Lochinbek ota-onasi va turmush o‘rtog‘i bilan qanday suhbatlashganligini ham sezmay qoldi. Turmush o‘rtog‘iga vaziyatni tushuntirib berdi. Biroq, ota-onasiga aytishga yuragi betlamadi. U beixtiyor omborxona tomonga yo‘l oldi. Omborxonaga kirib, arqonni yog‘och bostirmaga bog‘ladi va xalqa tomonini bo‘yniga kiritdi. Alisher uy bilan vidolasharkan, ko‘zi burchakdagi qora narsaga tushdi. Uni bir kuch o‘sha tomonga tortdi. Tanish qopni ko‘rdi-yu, tezda uni ochdi.
– O‘sha pullar, o‘sha pullar... – deb pichirlardi Alisher.
Toshkent shahriga ketayotgan vaqtida mashinaning orqa yukxonasiga zo‘rg‘a siqqan qop, mashina joyidan qimirlagan vaqtida mahkamlanmagan yukxona ochilib ketib, qop pastga tushib ketgan. Qopdan tushib qolgandan so‘ng yukxona eshigi uyining oldidagi o‘ydim-chuqur yo‘ldan qayta qulflangan. Alisherning otasi uyning oldidagi yotgan qopni Alisherning zarur narsalari bor, deb o‘ylab omborga kiritib qo‘ygandi.
Muallif: Ravshanbek Igamberdiyev