Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari talaba yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi
Davlatimiz rahbarining “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Buxoro viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik Oqil Hasanov BuxDU Pedagogika instituti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda talabalar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar, ularning sabab va omillari xususida maʼruza qilinib, talabalarga firibgarlik, o‘g‘irlik, giyohvandlik va Kiber jinoyatchilik qurboniga aylanib qolmaslikka doir tushuntirishlar berildi.
Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga doir yaratilayotgan qulay va keng imkoniyatlardan samarali foydalanish kerakligi alohida taʼkidlandi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti