O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasida 5 oylik ish natijalari sarhisob qilindi

Kuni kecha, Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tuzulmalari shaxsiy tarkibi ishtirokida 2023 yilning o‘tgan besh oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan videokonferensaloqa tizimi orqali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan ijobiy ko‘rsatkichlar hamda xizmat intizomi bilan bog‘liq holatlarga alohida to‘xtalib, muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida Tergov boshqarmasi boshlig‘i polkovnik O.A.Hasanov tergov bo‘linmalari xodimlari orasida xizmat intizomini mustahkamlash va qonuniylikni taʼminlash, korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik borasida tegishli topshiriq va vazifalarni belgilab berdi.

Kun tartibidagi masalalar muhokamasidan so‘ng, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olinib, bunda joylardagi rahbar va masʼul xodimlar asosiy eʼtiborni asosan qaysi jihatlarga qaratishi lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech