O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Xotira - muqaddas, qadr- aziz!

Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab Xotira va qadrlash kunini munosib nishonlashga doir qator ishlar qizg‘in bormoqda. Bundan maqsad Vatan himoyachilarini xotirlash, oramizdagi fidoyi insonlarni, tinch-osoyishta hayot, turmush farovonligini taʼminlash uchun ter to‘kib unumli mehnat qilayotgan ustozlarni qadrlash va shu orqali tinchligimizning shukronasini qilishdan iboratdir.

Bu esa kishini maʼnan rag‘batlantiradi, elu yurtga sadoqat, qatʼiyat bilan xizmat qilishga undaydi.

Buxoro viloyat Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlari tomonidan “9 may – Xotira va Qadrlash kuni” bayrami arafasida tizimda uzoq yillar ishlab, nafaqaga chiqqan faxriy xodimlar, shuningdek, xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila aʼzolari holidan xabar olinib, ularga ehtirom ko‘rsatildi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech