O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Kamtarona mehnatning eʼtirofi

Bugungi kunda yurtimizda sodir bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlarning asosiy maqsadi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash, ularni qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, davlatimiz rahbari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qo‘yilayotgan talab “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan so‘zlari bugungi kunda har bir davlat ishchisining asosiy prinsiplariga aylandi.

Bunga IIV huzuridagi Tergov departamentining katta tergovchisi Xurshid Yakubov tomonidan tergov harakatlari olib borilgan jinoyat ishini misol qilish mumkin.

“Men, Soliyeva Muxabbat... xodimingiz Yakubov Xurshidning olib borgan tergov jarayonlaridan xursandman va mashaqqatli ishlarida muvaffaqiyatlar tilayman. Xodimingiz X.Yakubovni mehnatlariga rahmat deb Soliyeva Muxabbat.”

Fuqarolar tomonidan ichki ishlar organlari tergov bo‘linmalari xodimlarining kamtarona mehnatini shu tariqa yuksak baholanishi, xodimlarga o‘zgacha shijoat hamda kasbiga bo‘lgan muhabbatini oshirishga yana-da turtki bo‘ladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech