Kamtarona mehnatning eʼtirofi
Bugungi kunda yurtimizda sodir bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlarning asosiy maqsadi, fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash, ularni qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan bo‘lib, davlatimiz rahbari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qo‘yilayotgan talab “Xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan so‘zlari bugungi kunda har bir davlat ishchisining asosiy prinsiplariga aylandi.
Bunga IIV huzuridagi Tergov departamentining katta tergovchisi Sultanova Madina Maxkamovna tomonidan tergov harakatlari olib borilgan jinoyat ishi bo‘yicha Ichki ishlar vaziri nomiga kelib tushgan quyidagi murojaatni misol qilish mumkin.
“Taqdir taqozosi bilan, Siz boshqarayotgan vazirlikda, menga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergov qilindi... mening ishimni katta tergovchi Sultanova Madina Maxkamovna olib bordi. Necha marta kelgan bo‘lsam, biror martda belgilangan vaqtdan kech kuttirib qo‘ymadi. Men aybdormanmi yoki yo‘qmi buni sud hal qilar, lekin tergov davomida men o‘zimni bu yerda odamdek his qildim. Biror eʼtirozim bo‘lsa gapira oldim. Men bilan yaxshi munosabatda bo‘lib, hurmatimni joyiga qo‘yib, chiroyli shirin gaplashib, haqorat yoki boshqa nojo‘ya harakatlarni menga nisbatan qilmadi... Men, yangilanayotgan Vatanimizning masʼul ishlarida turgan bunday yoshlar borligidan chin ko‘nglimdan xursand bo‘ldim. Shunday yoshlarni topib, kerakli joylarga qo‘yib, yaxshi tarbiya berayotganligingiz uchun sizga katta rahmat. Yaratgandan sizga sog‘lik, uzoq umr ko‘rishingizni tilayman. Hurmat bilan fuqaro X.Xasanov.”
Fuqarolar tomonidan ichki ishlar organlari tergov bo‘linmalari xodimlarining kamtarona mehnatini shu tariqa yuksak baholanishi, xodimlarga o‘zgacha shijoat hamda kasbiga bo‘lgan muhabbatini oshirishga yana-da turtki bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti