O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti
Следственный Департамент при Министерстве Внутренних дел Республики Узбекистан

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan surishtiruvchi va tergovchilar ishtirokida navbatdagi videoselektor tarzida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi

Joriy qilning 10 iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan surishtiruvchi va tergovchilar ishtirokida navbatdagi videoselektor tarzida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Xodimlarniing bilim saviyasini oshirish maqsadida tashkil qilingan o‘quv-seminarda “Qiynoq hamda muomala va jazolashning qattiq shafqatsiz, insoniylikka zid yoki qadr-qimmatni kamsituvchi turlariga qarshi konvensiya va uni ichki ishlar organlari faoliyatidagi ahamiyati” mavzusi bo‘yicha Tergov boshqarmasi hamda taklif etilgan JIB Nukus shahar sudi raisi Sh.D.Shamambetov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokuraturasi bo‘lim prokurori I.I.Yuldashevlar tomonidan mavzuning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga atroflicha yetkazildi.

Shuningdek, o‘quv mashg‘ulotida 14.05.2020 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 617-sonli Qonuni bilan bir qator protsessual harakatlarni amalga oshirish jarayoni takomillashtirilib, ularni videoyozuv orqali qayd etish mexanizmi yuzasidan tushuntirishlar berilib, 07.06.2023 yildagi Tergov Departamenti ko‘rsatmasidagi talablar muhokama qilinib, tegishli chora-tadbirlar belgilanib olindi.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Text to speech